O‘zbekiston | 18:50 / 16.08.2023
11518
3 daqiqa o‘qiladi

UZCARD «ONIXʼni ovlang» mega aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi

Foto: UZCARD

16 avgust kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida UZCARDʼning «ONIXʼni ovlang» mega aksiyasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimi doirasida qimmatbaho sovrinlar, 18 ta «Samsung Galaxy» flagman smartfoni va uchta «Chevrolet Onix» rusumli avtomobil o‘zlarining baxtli egalarini topdi. G‘oliblarni o‘ylagan holda, UZCARD jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.

Tadbirda kompaniyaning hamkor banklari, to‘lov tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ular aksiya natijalari bilan tanishtirildi va kompaniyaning barcha so‘nggi yangiliklari yoritildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiya UZCARD kartalaridan onlayn to‘lovlarni rag‘batlantirish, onlayn to‘lovlar sonini ko‘paytirish, foydalanuvchilarning banklar va to‘lov ilovalariga, UZCARD to‘lov tizimiga sodiqligini oshirish, shuningdek odamlar odatlarini onlayn to‘lovlarga yo‘naltirish maqsadida 2023 yilning 1 mayidan 31 iyuligacha bo‘lib o‘tdi.

Aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar o‘ynalishining jami uch bosqichi o‘tkazildi. O‘yin o‘tkazilishining shaffofligi va halolligi uchun kuzatuv komissiyasi tarkibiga mustaqil ekspertlar - tadbir mehmonlari ham taklif qilindi. O‘yinning har bir bosqichi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida, shuningdek kompaniyaning veb-saytida jonli efirda namoyish etildi.

«ONIXʼni ovlang» aksiyasining amal qilish muddati davomida unda 24 milliondan ortiq imkoniyat ishtirok etdi.

UZCARD g‘oliblarni tabriklaydi, barcha ishtirokchilar va karta egalariga ishonch, sadoqat va ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi! Biz bilan qoling va yangi aksiyalarimizda ishtirok eting.

UZCARD kompaniyaning barcha yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida va kompaniyaning veb-saytida kuzatib borishga taklif qiladi:

Facebook: fb.com/uzcard

Instagram: @uzcard.uz

Telegram: t.me/uzcard

Linkedin: linkedin.com/company/uzcard

Reklama

Mavzuga oid