Fan-texnika | 14:16 / 29.08.2023
58637
2 daqiqa o‘qiladi

Yaraga tushgan infeksiyani aniqlaydigan telefon kamerasi taqdim qilindi

Cho‘ntakka sig‘gulik kattalikda yasalgan Swift Ray 1 kamerasi, smartfonlarga o‘rnatiladi. Kamera Swift Medical’s Skin va Wound app dasturlari bilan bog‘lanib, yaradagi infeksiyalarni aniqlashga kirishadi.

Foto: Reuters

Kanadalik tadqiqotchilar Swift Ray 1 nomi berilgan tibbiy kamerani sinab ko‘rishdi. U hiperspektral tasvirlarni olishga moslashtirilgan. Hiperspektral tasvir to‘qimalarining fiziologiyasi, morfologiyasi va tarkibi haqida diagnostik ma’lumotlarni to‘playdi.

66 bemor yarasi tekshirilganda, kamera ularning 20 tasini yallig‘lanmagan, 26 tasini yallig‘langan va 20 tasini infeksiyalangan deb ko‘rsatgan. Natijalar tahlil qilinganda, qurilma umumiy hisobda 74 foiz aniqlikda 3 turdagi yarani aniqlay olgan.

Yaralarni aniqlash uchun Swift Ray 1 qurilmasi yaqin va uzoq to‘lqinli infraqizil datchiklar, binafsha rangli yorug‘lik manbalari va ko‘rinadigan diapazondagi LEDʼlar bilan jihozlangan. Va u yorug‘lik, infraqizil termografiya hamda bakterial lyuminessent tasvirlarni olish imkonini beradi. Qurilma, shuningdek, Swift Medical’s Skin va Wound ilovasi bilan birlashtirilgan hamda bu yara maydoni va haroratini aniq o‘lchaydi.

Oldin tibbiy darajadagi fotosuratlarni, infraqizil termografiya tasvirlarini (tana issiqligini o‘lchaydigan) va binafsha nur yordamida bakteriyalarni ko‘rsatadigan tasvirlarni olgan kichik qurilmalar infeksiya haqida yetarli ma’lumot bermagan.

Yangi qurilma esa bir nechta qimmat qurilmalarni talab qilmay, infeksiya haqida ma’lumot to‘playdi. Tadqiqotchilar bu boshlang‘ich loyiha ekani va uning mukammalroq shakllari ishlab chiqilishini ma’lum qilgan. 

Mavzuga oid