O‘zbekiston | 13:48 / 04.09.2023
16030
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi

Bugun, 4 sentabr kuni O‘zbekistondagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 mingdan oshiq bolalar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.

1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat prezident sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, ayni paytda umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6,5 mlndan ortiqni tashkil etadi.

Kun.uz muxbiri Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 190-maktabda o‘quv yilining boshlanishini kuzatdi. Bu maktab 10 ta birinchi sinf (1-“A” – 1-“K”) o‘quvchilarini qabul qildi.

Tadbirda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etdi.

Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Darslarda o‘quvchilarga mustaqillikka erishish tarixi va istiqlol yillari haqida so‘zlab berildi. “Mustaqillik darslari”da jadidchilik harakati namoyandalaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov va qatag‘on qurbonlarining hayot kechinmalari haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 64-maktabdagi birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etib, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini tabrikladi. Quyida – vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan suratlar.

Mavzuga oid