O‘zbekiston | 07:39 / 06.09.2023
5361
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi yo‘nalishlarida qatnov intervali tig‘iz vaqtlarda qisqartirildi

Interval Chilonzor yo‘nalishida 1,5-2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 3-4 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishida 5 daqiqa va Yerusti halqa metro yo‘nalishida 7-8 daqiqa etib belgilandi.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning sentabr oyidan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari boshlanganidan so‘ng metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni birinchi o‘quv kunida qariyb 520 mingni tashkil etdi

Yo‘lovchilar oqimini nazoratga olish, xizmat sifatini oshirish maqsadida, metropolitenning yo‘nalishlarida qatnov intervali tig‘iz vaqtlarda qisqartirildi.

Jumladan:

Chilonzor yo‘nalishi - 1,5-2 daqiqa;
O‘zbekiston yo‘nalishi - 3-4 daqiqa;
Yunusobod yo‘nalishi - 5 daqiqa;
Yerusti halqa metro yo‘nalishi - 7-8 daqiqa etib belgilandi.

Harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarga poyezdning bosh hamda so‘nggi vagonlari bilan bir qatorda o‘rta vagonlaridan ham teng foydalanishi vagon ichidagi tirbandliklar kamayishida asosiy turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, vagon ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi.

Bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yo‘lovchilar to‘lovni bank va transport kartalari orqali amalga oshirsa, o‘z vaqtini tejashi hamda kassa oldidagi tirbandlik maksimal darajada kamayishiga zamin yaratadi.

Mavzuga oid