Jahon | 08:29 / 11.09.2023
8602
2 daqiqa o‘qiladi

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2100 kishidan oshdi

Qurbonlarning aksariyati Al-Hauz, Tarudant, Shivava, Uarzazat, Marrakesh, Azila, Agadir, Kasablanka va Yussifi mintaqalarida qayd etilgan.

Foto: Carl Court/Getty Images

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kishiga yetdi.

Marokash Ichki ishlar vazirligi ikki kun oldin kechki soatlarida sodir bo‘lgan zilzila haqida yangi ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Vazirlik bayonotida, episentri Marrakeshning Al-Hauz tumani bo‘lgan 7 magnitudali zilzila qurbonlari soni 2122 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kishiga yetganini bildirdi.

Marokash matbuoti bir kun avval mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bo‘lgan zilzila poytaxt Rabot, Kasablanka, Meknes, Agadir va Fesda sezilganini xabar qildi. 

Qurbonlarning asosiy qismi Al-Hauz, Tarudant, Shivava, Uarzazat, Marrakesh, Azila, Agadir, Kasablanka va Yussifi mintaqalarida qayd etilgan. 

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ularga fuqaro mudofaasi kuchlari bilan bir qatorda harbiylar ham jalb qilingan. 

Marokashda 9 sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan 7 magnitudali zilzila mamlakat tarixida so‘nggi yuz yildagi eng kuchlisi bo‘ldi. 

Mavzuga oid