O‘zbekistonga eng ko‘p gumanitar yordam yuborgan uchta davlat ma’lum qilindi
O‘zbekistonga 2023 yil yanvar-iyun oylarida 23 ta davlatdan umumiy qiymati 123,3 mln AQSh dollari miqdorida gumanitar yordam yuklari kirib kelgan.
Yordamning asosiy salmog‘i Germaniya – 48,7 mln dollar (39,5%), Xitoy – 27,3 mln dollar (22,1 %), Amerika Qo‘shma Shtatlari – 17 mln dollar (13,8 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Umumiy gumanitar yordamning 75,4 foizi ushbu uchta davlatga tegishli. Bu haqda 2023 yil birinchi yarim yilligidagi budjet ijrosi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan hisobotda ma’lum qilindi.
Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida tahlil qilinganda, sog‘liqni saqlashga (94,2 mln dollar), ta’limga (27,4 mln dollar) va gaz ta’minoti korxonalariga suyultirilgan gaz uchun (1,7 mln dollar) hamda “Sharq ayoli” jamg‘armasiga (273,7 ming dollar) yo‘naltirilgan.
Ko‘rish mumkinki, kirib kelgan gumanitar yordamning 76,4 foizi sog‘liqni saqlash sohasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu davrda kirib kelgan gumanitar yordamlarni gumanitar yordam oluvchi tashkilotlar salmog‘iga nisbatan olib tahlil qilinganda, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 54,2 foizni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 13,3 foizni hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi 7,7 foizni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan gumanitar yordamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga asosan G‘aznachilik tomonidan tahlil qilinib, hisobi yuritilib kelinadi.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024