O‘zbekiston | 07:26 / 18.09.2023
4253
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni tiklashi mumkin

Lufthansa tomonidan Frankfurt-Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Foto: Sebastian Gollnow/Getty images

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonga parvozlarni tiklash masalasini muhokama qildi.

Uchrashuv transport va logistika aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida yangi sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Lufthansa aviakompaniyasi tomonidan Frankfurt—Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilindi.

1993 yildan 2001 yilgacha Lufthansa Toshkentdan Frankfurtga doimiy yo‘lovchi reyslarini amalga oshirgan. 2010 yilda aviakompaniya Toshkentga parvozlarni tiklagan, biroq keyinchalik bekor qilgan. 

Mavzuga oid