Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi hamda global va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining «S5+1» formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Jozef Bayden ikki tomonlama uchrashuvda davlatlararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, davlat rahbari Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel, Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol, Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, shuningdek, nufuzli xalqaro tuzilma rahbarlari – BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi ham voqealarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston yetakchisi AQSh biznesi vakillarining O‘zbekiston-Amerika savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyasi hamda yirik transmilliy kompaniya va korporatsiyalar - Air Producs, Citigroup, SNH, Boston Consulting Group, GE HealthCare, Oppenheimer, Cerberus, Cintana rahbarlari bilan uchrashdi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024