Armaniston muxolifati ommaviy itoatsizlik aksiyalari boshlanganini e’lon qildi
Avvalroq, arman muxolifati bosh vazir Nikol Pashinyanni lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtiruvchi milliy qo‘mita tashkil etilganini ma’lum qilgandi.
Armaniston muxolifati bosh vazir Nikol Pashinyanni iste’foga chiqarish maqsadida ommaviy itoatsizlik aksiyalari boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi «Interfaks».
«Biz ommaviy itoatsizlik aksiyalarini boshlayapmiz, unga nafaqat Yerevan, balki viloyatlar ham qo‘shilishi kerak. Masala shu yerda hal qilinishi shart», - dedi muxolifat yetakchilaridan biri, Armanistonning birinchi bosh vaziri (1990-1991 yillarda) Vazgen Manukyan Yerevan markazidagi Respublika maydonida muxolifat mitingida.
Avvalroq, arman muxolifati bosh vazir Nikol Pashinyan va uning hukumatini hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtiruvchi milliy qo‘mita tashkil etilishini e’lon qilgan edi. «Dashnaksutyun» partiyasi vakili Ishxon Sagatelyanning aytishicha, bundan tashqari, parlament muxolifati Pashinyanga impichment e’lon qilish jarayonini boshlamoqchi.
Payshanba kuni Pashinyan videomurojaatida mamlakat huquq-tartibot idoralari muxolifat mitinglariga keskin va tezkor munosabat bildirishini aytdi.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
14:00 / 21.10.2024