O‘zbekiston | 16:25 / 28.09.2023
22817
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Sergelida aholiga yordam ko‘rsatayotgan harbiylar

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Sergeli tumanida fojiadan jabr ko‘rgan aholiga ko‘maklashmoqda. Harbiy shifokorlar muhtoj insonlarga tibbiy xizmat ko‘rsatyapti, shuningdek ovqat ham tarqatilyapti.

Foto: O‘zbekiston mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Sergeli tumanida portlash oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan. Ayni vaqtda tuman mudofaa ishlar bo‘limida Mudofaa vazirligi shtabi tashkil etilgan.

Shuningdek, palatkalar yoyilib, aholi uchun tushlik va kechki ovqatlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mobil hospital hududga jalb etilgan — u fuqarolarga yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, harbiy psixologlar aholiga psixologik yordam bermoqda.

Mudofaa vazirligi suratlari

Milliy gvardiya suratlari

 

Mavzuga oid