O‘zbekiston | 12:43 / 11.10.2023
14458
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya bojxona xizmati O‘zbekistondan 3 ta it sotib oldi

Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida tayyorlangan 3 bosh «labrador» zotli xizmat itlari ilk bor xorijga eksport qilindi.

Foto: Bojxona

Joriy yilning yozida Koreya bojxona xizmati O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidan 3 bosh «labrador» zotli xizmat itlarini xarid qilgan.

Qayd etilishicha, 2022 yilda Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Koreyada bo‘lib, ushbu davlatning bojxona xizmati rahbarlari bilan kinologiya sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan.

Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, yuqoridagi 3 ta it mazkur hamkorlik doirasida yetkazib berilgani boisdan ularning narxi ochiqlanmasligi ko‘zda tutilgan.

Koreya bojxonasida O‘zbekistonda o‘rgatilgan xizmat itlaridan foydalanish tarixda ilk bor amalga oshirilmoqda. Milliy kinologiya markazida tayyorlangan xizmat itlarini kelgusida boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish rejalashtirilgan.  

Mavzuga oid