Sport | 00:43 / 14.10.2023
34829
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Ronalduning jismoniy jazolanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Eron elchixonasi Ronalduga 99 darra urilishi tahdid qilayotganini rad etdi.

Foto: Twitter/AlNassrFC

Eronning Ispaniyadagi elchixonasi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu nogiron rassom Fotima Hamamiyni o‘pgani uchun jismonan jazolanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Eronliklar Ronaldu kelajakda mamlakatga qaytsa, jazolanishi mumkinligi haqidagi xabarni rad etishdi.

«Uning Fotima Hamamiy bilan samimiy va insoniy uchrashuvi xalq va mamlakat sport rahbariyati tomonidan yuqori baholandi va olqishga sazovor bo‘ldi», deyiladi xabarda.

11 oktyabr kuni Index HR nashri Ronaldu Eronda mahalliy qonunlarni buzgani va mamlakatga qaytsa, 99 darra urilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Saudiyaning «An-Nasr» klubida to‘p tepayotgan forvard Osiyo chempionlar ligasi doirasida mahalliy «Persepolis»ga (2:0) qarshi o‘yin uchun Tehronga bordi. Sayohat doirasida u muxlislari, jumladan Fotima ismli nogiron rassom bilan uchrashdi. Futbolchi u bilan muloqotda bo‘lib, yakunda uni quchoqlab o‘pgan edi.

Ronaldu 2022 yilning 30 dekabrida «An-Nasr» jamoasiga qo‘shildi. U Saudiya klubi safida jami 30 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.

Mavzuga oid