Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurda qurilgan yangi podstansiya bilan tanishdi
Poytaxt markazida kafolatlangan 130 megavatt qo‘shimcha elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi yangi infratuzilma inshootlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.
So‘nggi yillarda poytaxt ham aholi, ham hudud jihatidan o‘smoqda. Muhandislik tarmoqlari quvvati shunga mutanosib tarzda oshirib borilmoqda.
Shayxontohur tumanida, «Paxtakor» stadioni yaqinida yangi podstansiya qurildi. Loyiha doirasida «Traktorsoz» podstansiyasidan 19 kilometrdan ziyod kabel tortilib, 2 ta transformator o‘rnatildi. U kelgusi oyda ishga tushiriladi. Buning natijasida poytaxt markazida kafolatlangan 130 megavatt qo‘shimcha elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi.
Davlat rahbari shu yerda Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimidagi qurilish va modernizatsiya ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Yana beshta podstansiya qurilayotgani va to‘rttasi yangilayotgani, ularda jami 850 megavatt qo‘shimcha quvvat yaratilishi qayd etildi.
Mavzuga oid
16:16 / 24.12.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27 / 24.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024