Toshkentda noqonuniy qurilgan bino-inshootlarni buzish boshlandi
Yo‘llar bo‘ylab beruxsat qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi: haydovchining bir daqiqalik xaridi boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi, deyiladi hokimlik e’lonida.
Toshkent shahrida tegishli tahlillar o‘tkazilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlandi.
Bu haqda ma’lum qilgan shahar hokimligiga ko‘ra, bu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi.
“Amaliyot va tahlillar ko‘rsatganidek, shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo‘llar bo‘ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, ya’ni ularda avtoturargoh va to‘xtash yo‘li yo‘q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi”, – deya izohlagan poytaxt ma’muriyati.
Hokimlik shahardagi maishiy va tijorat binolarining mulkdorlarini tegishli hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.
“Shuningdek, ushbu turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bo‘lishingizni va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlashishingizni so‘raymiz. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.
Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi e’lonida.
Qayd etilishicha, bu borada ma’lumot olish uchun shahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210 01 63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024