Jahon | 21:52 / 20.10.2023
8860
1 daqiqa o‘qiladi

BAA nikohni onlayn rasmiylashtirishga ruxsat berdi 

Barcha hujjatlar videoaloqa texnologiyasidan foydalangan holda masofadan turib imzolanadi. 

Endi Birlashgan Arab Amirliklarida elektron nikoh guvohnomasini olish va rasmiy nikoh hujjatlarini videokonferensiya orqali raqamli imzolash mumkin. 

Abu-Dabi sud departamenti (ADJD) tomonidan taqdim etilgan xizmat birinchi marta Dubay Jahon savdo markazidagi GITEX 2023 ko‘rgazmasida taqdim etildi. 

Ushbu xizmat mijozlarga nikoh shartnomasini tuzish uchun arizani elektron shaklda yuborish, uni tasdiqlash va onlayn to‘lovni amalga oshirish, videoaloqa texnologiyasidan foydalangan holda hujjatlarni masofadan imzolash imkonini beradi. 

Nikoh to‘g‘risidagi guvohnomani ikkala tomonning elektron imzosi bilan elektron shaklda olish mumkin. 

Abu-Dabi sud departamenti ushbu xizmatning joriy qilinishi hukumatning raqamli texnologiyalar sohasidagi faoliyatini yanada yaxshilashi va raqobatbardoshligini oshirishiga umid bildirmoqda. 

 

Mavzuga oid