Tabiatni tiklashga harakat - Pop milliy tabiat bog‘i | Manzil
Milliy tabiat bog‘lari – nafaqat mavjud noyob ekotizimni saqlab qolish, balki ekotizimga o‘ziga yetkazilgan zararlardan keyin tiklanish imkonini berish maqsadida ham tashkil etiladi. “Manzil” loyihasi shunday maskanlardan biri – Namangan viloyatidagi Pop milliy tabiat bog‘ida bo‘ldi.
1986 yil Ukraina hududidagi Chernobel atom elektrostansiyasida sodir bo‘lgan avariya sababli butun bir hududdan insonlar olib chiqib ketilgan. Bu tarixiy voqea aslida ekologik katta bir muammo bo‘lsa-da, lekin bir vaziyatni ko‘rsatib berdi. Oradan uzoq yillar o‘tib, inson aralashuvi bo‘lmagani, tabiatning o‘z holiga tashlab qo‘yilishi uning o‘zini o‘zi tiklashiga sabab bo‘ldi.
Bu voqealarni bizga, O‘zbekistonga nima aloqasi bor, degan savol tug‘iladi. Sobiq ittifoq davrida chorvachilik uchun ajratilgan va hozir ham davom etib kelayotgan, insonlar va xonaki hayvonlar sabab ko‘plab hududlarda tabiat o‘zligini yo‘qotgan. Kundan kun yomonlashib borayotgan ekologik muhitda bu masalalarni qayta ko‘rib chiqmaslikning iloji yo‘q.
Bugun shu hududlarning ma’lum qismini qayta tiklash, to‘g‘riroq aytganda tabiatdan unga zarar beruvchi omillarni chiqarib tashlash bo‘yicha ishlar boshlangan. Shunday joylardan biri – Pop milliy tabiat bog‘i. Bugungi ko‘rsatuvimizda shu jarayon va Namangan viloyati Pop tumanining ajoyib maskanlarini sizga tanishtiramiz.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Mavzuga oid
16:43 / 27.11.2024
Namanganda JAC pikapi yonib ketdi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
16:42 / 27.08.2024