O‘zbekiston | 08:31 / 31.10.2023
5893
1 daqiqa o‘qiladi

Saylovlarda ayollarga oid 30 foizlik kvota oshirilishi mumkin

Ayni paytda Qonunchilik palatasi deputatlarining 30 foizdan, Senat a’zolari hamda mahalliy kengashlar deputatlarining 25 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.

Foto: Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi.

Qonun loyihasi bilan Saylov kodeksining 70- va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda aytib o‘tilganidek, bugungi kunda xotin-qizlarning vakillik organlari faoliyatidagi o‘rni ham sezilarli darajada ko‘paymoqda. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 30 foizdan, Senat a’zolari hamda mahalliy kengashlar deputatlarining 25 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.

Fraksiya a’zolari fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi ayollarning jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishdagi rolini kuchaytirishga, shuningdek ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid