Nepalda zilzila oqibatida 120 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Nepalda zilzila oqibatida 120 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi.
Nepal g‘arbida 4 noyabr, shanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida 128 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi, deb xabar berdi dpa mahalliy hokimiyat organlariga tayanib.
Nepalning zilzila monitoringi va tadqiqoti milliy markazi 6,4 magnitudali zilzilani qayd etdi. Unga ko‘ra, zilzila episentri Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda joylashgan Jayarkot viloyatida bo‘lgan. AQSh Geologiya xizmati zilzila kuchini 5,6 ball, Hindiston seysmologik markazi 6,4 ball, Potsdamdagi Germaniya Geofizika tadqiqot markazi 6,2 ball deb baholadi.
Odamlar vayronalar ostida qolib ketgani sababli qurbonlar soni ortishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Yerosti silkinishlari Nyu-Dehlida ham sezilgan
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Nepaldagi zilzila hatto Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida ham sezilgan.
Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Dahal «zilzila oqibatida yetkazilgan insoniy va moddiy zarardan chuqur qayg‘uda» ekanini bildirdi. Hukumat qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berish uchun xavfsizlik kuchlarini yubordi.
Nepalda tez-tez zilzilalar sodir bo‘ladi. 2015 yilda 7,8 magnitudali zilzila oqibatida 9 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, millionga yaqin bino vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024