O‘zbekiston | 13:03 / 08.11.2023
9646
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kun boshidan buyon 1500 ga yaqin chaqmoq kuzatildi

Navoiy viloyati shimoli, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi ko‘plab tumanlarda mazkur hodisa o‘ta faol kuzatilmoqda. 

O‘zbekistonda bugun, 8 noyabr kun boshidan buyon 1500 ga yaqin chaqmoq hodisasi kuzatildi

Gidrometeorologiya sohasidagi mutaxassis Erkin Abdulahadovning xabar berishicha, Navoiy viloyati shimoli, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi ko‘plab tumanlarda mazkur hodisa o‘ta faol kuzatilmoqda. 

Toshkent viloyatidagi yog‘ingarchilik hozircha (tog‘li hududlardan tashqari) chaqmoq-momaqaldiroqsiz kechyapti.

Mutaxassis taqdim etgan xaritada sariq rangli belgilar so‘nggi soatlarda faollashgan chaqmoq hodisalari lokatsiyasini bildiradi.

Mavzuga oid