O‘zbekiston | 09:01 / 17.11.2023
21133
3 daqiqa o‘qiladi

9 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 9 ta tuman (shahar) soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi.

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 9 ta tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qasim Turimbetov Qo‘ng‘irot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yil Chimboy tumanida tug‘ilgan. Bunga qadar Xo‘jayli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati

Shohrux Hasanov Qorako‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yashin Karimov Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Kogon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Anvar G‘afurov Buxoro shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qorovulbozor tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Samarqand viloyati

O‘tkir Bayzaqov Payariq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1971 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ishtixon tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zafar Jozilov Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1982 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘shrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yusuf Pardayev Qo‘shrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Madamin Erkinov Nurobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1994 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Past Darg‘om tumani soliq inspeksiyasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xorazm viloyati

Sardor Abdullayev Urganch shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘shko‘pir tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid