AQShda shatdaunning oldini olishga qaratilgan qonun imzolandi
Avvalroq Kongress tomonidan qabul qilingan hujjat 2024 yilda AQSh hukumati ishi to‘xtab qolishi («shatdaun»)ning oldini olishga qaratilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden Kongress ikkala palatasi tomonidan ilgari ma’qullangan federal hukumat faoliyatini vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda 17 noyabr, juma kuni Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq CNN xabar berganidek, hujjatda Energetika vazirligi hamda harbiy qurilish, faxriylar ishlari, transport, uy-joy va boshqa masalalarga mas’ul idoralarni moliyalashtirishni 2024 yil 19 yanvarga qadar, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga tegishli muassasalarni esa 2024 yil 2 fevralgacha uzaytirish taklif etilgan.
Bayden tomonidan imzolangan qonun Ukraina va Isroilga yordamni o‘z ichiga olmaydi
Shu bilan birga, qonunda Rossiyadan o‘zini himoya qilayotgan Ukraina va HAMAS tashkilotiga qarshi urush olib borayotgan Isroilga yordamni moliyalashtirish bo‘yicha hech qanday band yo‘q.
Turli federal idoralarning 2024 yil uchun budjetlari 11 noyabrgacha tasdiqlanishi kerak edi. Ammo so‘nggi sessiyada demokratlar nazoratidagi Senat va respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etuvchi Vakillar palatasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik bunga to‘sqinlik qildi.
AQShda ehtimoliy shatdaunning oqibatlari
Hukumat ishi to‘xtab qolishi 1,5 millionga yaqin AQSh hukumati xodimlarini uylariga maoshsiz yuborish bilan tahdid soladi. Shatdaun, shuningdek, federal mulkka tegishli bo‘lgan aksariyat obektlar, jumladan, milliy bog‘lar yopilishini va havo harakatini boshqarish cheklanishini anglatadi, bu amerikaliklarning sayohat rejalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024