O‘zbekiston | 16:38 / 20.11.2023
50812
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti

Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayevga ko‘ra, 21 noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.

22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

22-23 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘ylab 21-22 noyabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Havo harorati kunduz kunlari +10...+15 darajagacha, kechalari +3...+6 darajagacha pasayadi, shimolda -1...-3 darajagacha bo‘lishi mumkin.

22-23 noyabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga oid