Jahon | 16:47 / 23.11.2023
17725
7 daqiqa o‘qiladi

Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)

Chalkash dunyoga ravshanlik olib kirayotgan fotojurnalistlarning zimmasidagi axloqiylik va yuqori darajada halollik mas’uliyati hozir har qachongidan ham kattaroq, deydi Time jurnali muharriri. Kun.uz jurnal tomonidan e’lon qilingan 2023 yilning eng ta’sirli suratlari top-100 taligidan ayrimlarini izohlari bilan taqdim qiladi.

“Biz qayg‘u va mojaroga to‘la, balki insoniyat yutuqlari va hayajonli lahzalarini qayd etgan yana bir yil oxiriga yaqinlashar ekanmiz, fotograflar dunyoni ko‘rishning yangi usullarini taklif qilish orqali bizni hayratda qoldirishda davom etmoqda”.

Time jurnali 2023 yilning eng ta’sirli yuzta surati haqidagi maqolasini shu so‘zlar bilan boshlagan.

Nashrga ko‘ra, 2023 yilda deyarli barcha sohaga kirib borayotgan sun’iy intellekt – fotojurnalistika har qachongidan ham muhimroq bo‘lib qolganini tasdiqlamoqda. Real vaqtda butun dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga guvohlik berishga bag‘ishlangan foto-hikoyalar – chalkash dunyoni ravshanlik bilan ta’minlashda juda muhim.

Shunday ekan, fotojurnalistlarning zimmasidagi axloqiylik va eng yuqori darajadagi jurnalistik halollik bilan harakat qilish mas’uliyati, hozir, ehtimol, har qachongidan ham kattaroqdir, deya qayd etgan Time jurnali.

Quyida yilning eng ta’sirli suratlaridan ayrimlari keltirib o‘tiladi.

18 avgust kuni Britaniya Kolumbiyasining G‘arbiy Kelouna shahridagi uylar ustidagi tog‘ yonbag‘irini o‘rmon yong‘inlari o‘rab oldi.
Darril Deyk – AP
Qutqaruvchilar 6 fevral kuni Turkiyaning Diyarbakir shahrida sodir bo‘lgan zilziladan keyin qulagan bino ostidan yosh qizchani qutqarishmoqda.
Sertac Kayar — Reuters
AQSh-Meksika chegarasidagi Rio-Grande daryosining tor joyidan “o‘tayotgan” bolakay.
Go Nakamura — The New York Times / Redux
Luiziana shtatidagi yong‘inlar oqibatida yuzaga kelgan quyuq tuman tufayli 158 ta mashina to‘qnashdi. Oktyabr oyidagi fojiada 7 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi.
Jyerald Gerbert — AP
Polsha janubidagi Yangi Targ shahrida qo‘ylar suruvini olib ketayotgan cho‘ponlar.
Matsek Nabrdalik — The New York Times / Redux
Lahorda politsiya Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon tarafdorlarini tarqatib yuborish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatmoqda.
Raxat Dar — EPA-EFE / Shutterstock
Ukrainalik harbiy shifokorlar Baxmutdagi harbiy dala-hospitalida jarohatlangan askarni davolamoqda.
Yevgeniy Maloletka — AP
“Vagner” yetakchisi Yevgeniy Prigojinning dafn marosimida qabriston atrofini o‘rab olgan politsiya xodimlari. 29 avgust, Sankt-Peterburg.
Nanna Xaytmann — The New York Times / Redux
Isroil aviazarbalari natijasida halok bo‘lgan 5 yoshli jiyani Salining tanasini quchoqlab turgan falastinlik ayol – Inas Abu Muammar. 17 oktyabr, Xan-Yunis, G‘azo sektorining janubi.
Muhammad Salim — Reuters
Janubiy Amerikadagi eng faol vulqonlardan biri – Vilyarrika vulqoni. 27 sentabr, Chili.
Sebastyan Eskobar — AFP/Getty Images
Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III'ning toj kiydirish marosimida qatnashayotgan qirollik oilasi vakillari. 6 may, London.
Yui Mok — WPA Pool / Getty Images
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Senat qo‘mitasidagi nutqi “Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtating!», “G‘azo bolalarini qutqaring!», “G‘azoni ozod qiling!» va boshqa hayqiriqlar bilan to‘xtatib qo‘yildi. Vashington, 31 oktyabr.
Kevin Lamark — Reuters
Rus bosqinchilari bilan eng og‘ir janglar olib borilgan Bahmut shahrining yuqoridan ko‘rinishi. 22 iyun, Ukraina.
Libkos — AP
G‘azo yaqinidagi Beeri xo‘jaligining (kibuts) vayron bo‘lgan holati, 11 oktyabr.
Ilya Yefimovich — Photo Alliance / Getty Images
Pensiya islohotlariga qarshi axlat tashuvchilarning ish tashlashidan 9 kun o‘tib, Parij ko‘chalarida to‘planib qolgan axlatlar. 14 mart, Fransiya.
Mari Magnin — Hans Lucas / Redux
Qorabog‘dan armanlarni olib chiqib ketayotgan yuk mashinasi, 25 sentabr.
Nanna Xaytmann — The New York Times / Redux
Isroil tomonidan Al-Nusayrat qochqinlar lageriga berilgan zarba oqibatida o‘z uyining tomi ostida qolib ketgan yosh qiz. 31 oktyabr.
Motaz Azaiza
Havayidagi o‘rmon yong‘inlari natijasida yonib ketgan uyi o‘rnida o‘tirgan Sara Salmoneze. 11-avgust.
Go Nakamura — The New York Times / Redux
AQSh-Meksika chegarasidagi Rio-Grande daryosini kechib o‘tayotgan immigrantlar. 27 sentabr, Igl-Pass, Texas.
Jon Mur — Getty Images
Ochiq osmon ostida afg‘on o‘quvchilariga dars o‘tayotgan o‘qituvchi. 27 mart, Badaxshon.
Umar Abrar — AFP/Getty Images
Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigi bo‘ylab harakatlanayotgan namoyishchilar G‘azo sektorida otishma to‘xtatilishini talab qilmoqda. 28 oktyabr.
Andres Kudaski — AP
Xarkov oblastidagi yashash uyiga kelib tushgan raketa portlashidan qochayotgan ukrainalik oila. 4 iyul.
Aleksandr Magula — AP
Nigeriyada bo‘lib o‘tgan umummilliy va prezidentlik saylovlaridan keyin telefonda gaplashayotgan Mustaqil milliy saylov komissiyasi vakili. 26 fevral.
Patrik Meynxardt — AFP / Getty Images
2 iyun kuni Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 dan ortiq yo‘lovchi jarohatlandi. Bu Hindiston tarixida so‘nggi 20 yillikdagi eng yirik poyezdlar halokati bo‘ldi.
Arabinda Maxaratra — AP
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 29 iyul kuni Pensilvaniya shtatidagi tadbirda qatnashish uchun sahnaga chiqib kelmoqda. Uning keyingi saylovdagi g‘alabasi keskin geosiyosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Meddi MakGarvi — The New York Times / Redux
Barselonadagi temiryo‘l vokzaliga kirmoqchi bo‘lgan Falastin tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashuvi. 11 noyabr, Ispaniya.
Emilio Morenatti — AP
G‘azoda Isroil aviazarbalari oqibatida yuzaga kelgan tutun ustidan yashin chaqmoqda.
Muhammad Abed — AFP/Getty Images

Mavzuga oid