O‘zbekiston | 10:05 / 28.11.2023
12698
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi 

Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ish boshladi. Tayinlovga qadar u Davaktiv agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Foto: Telegram / Davlat boshqaruvi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahar hokimi lavozimida ish boshlagan.

Sherzod Bo‘riyev 1982 yilda Shahrisabz tumanida  tug‘ilgan. U Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. 

Tayinlovga qadar u Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

27 oktyabr kuni Shahrisabz shahri hokimligida apparat yig‘ilishi o‘tkazilgandi. 

Yig‘ilishda Akamurod Uzoqovga Shahrisabz shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.

Shuningdek, 26 oktyabrdan Dehqonobod tumani hokimi sifatida ish boshlagan shahar sobiq hokimi Akrom Sulaymonov yangi lavozimga tantanali kuzatib qo‘yilgan. 

Sulaymonov 2020 yil noyabridan buyon Shahrisabz shahriga rahbarlik qilib kelgan.

Mavzuga oid