Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘oniston vakillari bilan uchrashdi
Ikki tomonlama savdo, transport, temir yo‘l, ta’lim va ekologiya sohalaridagi hamkorlik muhokama etildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston–Afg‘oniston chegaraoldi savdo-iqtisodiy hamkorlik qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbirda Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy muzokaralar olib borilgan.
Unda savdo, transport, temir yo‘l va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, geologiya yo‘nalishida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish, tabiiy pardozbop toshlar xomashyosini hamkorlikda qayta ishlash, qumli chang shamollarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Amudaryo bo‘yiga tutash hududlarda «Yashil belbog‘» himoya o‘rmonzorlari barpo qilish masalalari muhokama etilgan.
Majlisda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024