O‘zbekiston | 09:45 / 15.12.2023
3471
2 daqiqa o‘qiladi

Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari tasdiqlandi. 

Qoidalar «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq tasdiqlangan va quyidagilarni belgilaydi:

  • tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish tartibi;
  • ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomaga qo‘yiladigan talablar va uning mazmuni;
  • talabnomani ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazish tartibi va boshqalar.

 
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.

Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

  • tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;
  • tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
  • tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekistonda muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
  • shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.

Mavzuga oid