O‘zbekiston | 08:56 / 21.12.2023
8148
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva: «Biz kelajagimizga sarmoya kiritishimiz lozim»

Toshkentda talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasi respublika bosqichi yakunlandi. Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, mamlakatga “Zakovat” kabi tashabbuslar ko‘proq kerak. 

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyevaning yozishicha, g‘oliblar o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdi va rivojlanish uchun jiddiy rag‘batga – stipendiyalar, xorijda amaliyot o‘tash va grantlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Biz Prezidentimizning ilm-fan, ta’lim, intellektual salohiyat – mamlakatimiz taraqqiyotining zarur sharti ekani haqidagi siyosatiga xayrixoh bo‘lgan minglab insonlarni birlashtira oldik”, deb ma’lum qildi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi.

Uning qayd etilishicha, mamlakatga “Zakovat” kabi tashabbuslar ko‘proq kerak. 

“Biz kelajagimizga sarmoya kiritishimiz lozim!” - deydi Saida Mirziyoyeva.

20 dekabr kuni “Zakovat arena”da oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada 135 ta OTM ishtirok etib, shulardan eng kuchli 50 ta OTM jamoalari (550 nafar talaba) 4 kun (17-20 dekabr) davomida musobaqaning respublika bosqichida 6 ta yo‘nalishda - bellashuv olib bordi.

Marosim doirasida barcha yo‘nalishlarda g‘alaba qozongan talabalar taqdirlandi, shuningdek umumjamoa hisobida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan OTMga prezident sovg‘asi topshirildi.

Mavzuga oid