Jamiyat | 10:30 / 24.12.2023
13486
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda fuqaro o‘z uyida noqonuniy mayning ferma tashkil qilgani aniqlandi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati

Samarqandda fuqaro o‘z uyida noqonuniy mayning ferma tashkil qilib, 2,5 milliard so‘m zarar keltirgani aniqlandi.

Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda elektron texnologiyalar va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli H.A. noqonuniy ravishda o‘z yashash xonadonida 21 ta mayning qurilmalaridan foydalanib, mayning ferma tashkil qilganligi aniqlangan.

Mayning ferma faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmog‘iga hisoblagichlarsiz o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, 2 milliard 252 ming so‘m miqdorida moddiy zarar keltirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jioyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

  • Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid