Navoiydan Moskvaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Parvoz paytida yo‘lovchilardan birining mazasi qochgan, u shifoxonaga yotqizilgan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9617 reysi bilan Navoiy-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Urganch shahri aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bunga yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Bortida 107 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 18:42 da Urganch shahri aeroportiga qo‘ngan. Yo‘lovchi (O‘zbekiston fuqarosi) reysdan olinib, Urganch shahri shifoxonasiga yotqizilgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 19:51 da Moskvaga uchib ketgan.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
13:10 / 11.12.2024