Yaponiyaning SLIM moduli Oy orbitasiga muvaffaqiyatli chiqarildi
7 sentabr kuni Tanegasima kosmodromidan uchirilgan SLIM moduli Oy yuzasiga qo‘nishi kutilmoqda. Shuningdek, missiya doirasida Yaponiya Oy mantiyasining tog‘ jinslarini o‘rganishni reja qilgan.
Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) SLIM Oyga qo‘nish apparati orbitaga muvaffaqiyatli chiqqanini e’lon qildi. SLIM 19 yanvar kuni Oyga qo‘nishni amalga oshirish uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi ko‘zda tutilgan.
Yaponiya missiyasining maqsadi, xuddi hindlar (“Chandrayan-3”) kabi yapon kosmik agentligining Oyga muvaffaqiyatli qo‘nish texnologiyasi va jarayonlarini namoyish etishdan iborat.
Yaponiya hozirgacha sun’iy yo‘ldosh yuzasiga hech qachon to‘g‘ri qo‘na olmagan. SLIM'ning parvozi 2023 yilning boshidagi Ispace kompaniyasiga tegishli Hakuto-R (u ham Yaponiyaga qarashli) uchuvchi apparatining parvoziga o‘xshab ketadi. Uning Oyga qo‘nishi relefni tahlil qilish va aniqlashda dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
SLIM'ning Oy orbitasiga chiqishi borasidagi keyingi qadamlar
SLIM 25 dekabr kuni Oy orbitasiga kirdi. Hozirda u apoluniumdan (orbitaning Oydan eng uzoq nuqtasi) 4000 km va periluniumdan (eng yaqin nuqta) 600 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu trayektoriya quyidagi rasmda ko‘k rangda ko‘rsatilgan.
Yashil rang SLIM'ning navbatdagi manzili – diametri 600 km bo‘lgan aylana orbitasini bildiradi. Bu yerdan qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha operatsiyalar amalga oshiriladi. Qo‘nuvchi tayyor bo‘lgach, perilunar 15 km (qizil chiziq)ga tushiriladi va SLIM bu nuqtadan o‘tgandan so‘ng, oyga qo‘nish manevri boshlanadi. Bularning barchasi 20 daqiqa davom etishi va 19 yanvar kuni sodir bo‘lishi kutilmoqda.
SLIM'ning asosiy maqsadi Oyga yuqori aniqlikdagi yumshoq qo‘nishni namoyish etishdan iboratligi ta’kidlanmoqda. Buning uchun 2007 yildan beri Oy atrofida aylanib yurgan Yaponiyaning SELENE sun’iy yo‘ldoshi kuzatuvlari yordamida Yer yuzasini real vaqt rejimida kuzatishga asoslangan navigatsiya tizimidan foydalaniladi.
Mavzuga oid
12:13 / 25.12.2024
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024