O‘zbekiston | 20:03 / 04.01.2024
7649
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodchi yoki iqtisodiy jurnalistmisiz? Kun.uz'ga ishga keling

Biz iqtisodiy mavzularda ko‘rsatuvlar tayyorlay oladigan mutaxassis izlayapmiz. Agar O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini sharhlab bora oladigan iqtisodchi yoki jurnalist bo‘lsangiz, kamera qarshisida ishlay olsangiz, sizga munosib mehnat shartlari va shaxsiy brendingizni yaratish imkoniyatini taklif etamiz.

Foto: Kun.uz

Bugun O‘zbekiston iqtisodiy hayotida faol muhokama qilinayotgan mavzular juda ko‘p. Lekin bu muhokamalarning mingdan biri ham ochiq mediamakonda ro‘y bermayapti.

Ochiq muhokamalar va mustaqil ekspertlarning chiqishlari ko‘p bo‘lishi – bir tomondan, aholining iqtisodiy bilimlarini oshiradi, boshqa tomondan, qaror qabul qiluvchilarga muqobil fikrlarni yetkazib, ularning sog‘lom ijtimoiy bosim ostida bo‘lishiga yordam beradi.

Hatto ziyoli qatlam va mansabdorlar orasida ham fundamental iqtisodiy qonuniyatlarga zid tushunchalar ko‘p uchrashi – mediamakonda sifatli iqtisodiy kontentni ko‘paytirish zaruratidan darak beradi.

Shunga ko‘ra, Kun.uz videoko‘rsatuvlar tayyorlash orqali O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini sharhlab boradigan mustaqil iqtisodchi yoki iqtisodiy jurnalistni ishga taklif qiladi.

Bu lavozimga qabul qilinadigan mutaxassisdan moliya, iqtisodiyot, bank, soliq va boshqa sohalarga oid videoxabar, ko‘rsatuv va intervyular tayyorlash talab etiladi.

Eng muhimi, iqtisodchi yoki jurnalist mavzuni o‘zi yaxshi tushungan holda, uni tomoshabinga sodda tilda yetkaza olishi kerak.

Kun.uz raqobatbardosh oylik maoshni taklif etadi, uning miqdori o‘zaro kelishuv asosida belgilanadi. Mutaxassis Toshkent shahrida doimiy yashashi maqsadga muvofiq.

Nomzodlardan o‘zi haqida erkin tarzda yozilgan ma’lumotlarni Telegram'dagi @kunuzkadr manziliga yuborish so‘raladi. Kadrlar bo‘limi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanadi.

Mavzuga oid