O‘zbekiston | 20:04 / 05.01.2024
13327
2 daqiqa o‘qiladi

Chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi

Bir qator mahalliy yo‘nalishlarda chipta narxi o‘zgarishsiz qoladi. 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Mahalliy poyezd yo‘nalishlarida chipta narxi oshirilmaydi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi. 

Avvalroq, 20 yanvardan boshlab, «Afrosiyob» elektropoyezdlari hamda «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» tez yurar poyezdlarining chipta narxi 20 foizga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Qayd qilinishicha, quyidagi mahalliy yo‘nalishlarda chipta narxi o‘zgarishsiz qoladi:

- 54/53-sonli «Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent» yo‘nalishi;

- 56/55-sonli «Toshkent — Xiva — Toshkent» yo‘nalishi;

- 58/57-sonli «Toshkent — Shovot — Toshkent» yo‘nalishi;

- 72/71-sonli «Toshkent — Olot — Toshkent» yo‘nalishi;

- 80/79-sonli «Toshkent — Termiz — Toshkent» yo‘nalishi;

- 82/81-sonli «Toshkent — Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishi;

- 125/126-sonli «Andijon — Xiva — Andijon» yo‘nalishi;

- 95/94-sonli «Andijon — Toshkent — Andijon» yo‘nalishi;

- 129/130-sonli «Andijon — Termiz — Andijon» yo‘nalishi.

Mavzuga oid