Fan-texnika | 22:15 / 05.01.2024
21437
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone uchun antiqa g‘ilof o‘ylab topildi 

G‘ilof smartfonni tugmali telefonga aylantiradi. 

Foto: Clicks.tech

CES ko‘rgazmasida iPhone uchun mo‘ljallangan va mexanik QWERTY klaviaturasi bilan jihozlangan Clicks g‘ilofi taqdim etildi. Aksessuar eski BlackBerry smartfonlarini sog‘inadigan va umuman tugmali telefonlarni afzal ko‘radiganlar uchun yaratilgan. 

G‘ilof iPhone smartfoniga Lightning yoki USB-C orqali ulanadi. Aksessuar juda jips o‘rnashadi va klaviatura bilan monolit gadjet hissini yaratadi. U yoritiladigan tugmalarga va harflarning tanish tartibiga ega. 

iPhone 14 Pro va 15 Pro uchun mo‘ljallangan g‘ilof smartfon uzunligini 188,45 mm (+41,85 mm) ga oshiradi. Umumiy vazniga esa 62 gramm qo‘shiladi. 

Klaviaturada batareya yo‘q, u smartfon batareyasidan quvvat oladi. Maxsus ulagich iPhone smartfonini aksessuar orqali quvvatlantirish imkonini ham beradi. 

Tugmaga ega bo‘lish nafaqat qulay yozish, balki ekran maydonini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi, chunki gadjet apparat klaviaturasi sifatida taniladi. 

iPhone 14/15 Pro uchun mo‘ljallangan Clicks narxi 139 dollarga, iPhone 15 Pro Max uchun mo‘ljallangan modeli esa 159 dollarga sotiladi. Aksessuar kulrang va sariq ranglarda taqdim etiladi. Unga rasmiy veb-sayt orqali oldindan buyurtma berish mumkin.

 

Mavzuga oid