O‘zbekiston | 09:40 / 05.01.2024
4766
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yangi yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur Yagona milliy baholash standarti (YaMBS):

  • baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini;
  • baholash tartibi va baholash ekspertizasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

YaMBS o‘z ichiga umumiy baholash standartlari, maxsus baholash standartlari hamda metodikalarni oladi.

Umumiy baholash standartlari quyidagi Milliy baholash standartlaridan (MBS) iborat:

1-son MBS “Baholash faoliyatining tushunchalari, ta’riflari va prinsiplari”;
2-son MBS “Baholashga oid vazifa”;
3-son MBS “Baholash jarayonida o‘tkaziladigan o‘rganishlar va tahlillar”;
4-son MBS “Baholash to‘g‘risidagi hisobot va uni tuzish tartibi”;
5-son MBS “Qiymat turlari”;
6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari”;
7-son MBS “Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar”;
8-son MBS “Baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasi”.

Maxsus baholash standartlari, baholash obektlarining ayrim turlarini (biznes, ko‘chmas mulk, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklar va boshqalar) baholashga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni belgilaydi va quyidagi MBSlardan iborat:

9-son MBS “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash”;
10-son MBS “Ko‘chmas mulk qiymatini baholash”;
11-son MBS “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obektlari qiymatini baholash”;
12-son MBS “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash”;
13-son MBS “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”;
14-son MBS “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash”.

YaMBS baholovchilar, baholovchi tashkilotlar va boshqa foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda, baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish hamda ekspertlar tomonidan baholash obektini baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi (haqqoniyligi) tekshirilganda, qo‘llash majburiy hisoblanadi.

Mavzuga oid