O‘zbekiston | 13:45 / 06.01.2024
5482
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda malakani mustaqil baholash qoidalari e’lon qilindi

Malakalarni baholash markazlari tomonidan kasb imtihoni ko‘rinishida malakani mustaqil baholashni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Qoidalar Malakani baholash markazlari tomonidan kasb imtihoni ko‘rinishida malakani mustaqil baholashni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Malakani baholash, Malakani baholash markazi tomonidan onlayn testni o‘tkazishga mo‘ljallangan dastur ta’minotidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Bunda, malakani baholash jarayoni elektron tashuvchi jismda videoyozuv orqali qayd etiladi.

Baholashdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan baholash vositalari (baholash usullari, malaka imtihonining nazariy va amaliy qismlari uchun topshiriqlar, foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va onlayn-sinov uchun dasturiy ta’minot to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holda) tasdiqlashdan oldin tegishli Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat masalalari ilmiy-tadqiqot instituti (Mehnat instituti) tomonidan ekspertizadan o‘tkazish shart.

Malakani baholash shaffoflik, xolislik, mustaqillik, manfaatlar to‘qnashuvini istisno etish, shaxsga taalluqli ma’lumotlarning maxfiyligi va ochiqlik tamoyillari asosida kasbiy standartlari talablari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi tarif-malaka ma’lumotnomalari talablariga muvofiq tegishli soha bo‘yicha ixtisoslashgan ekspertlardan iborat malaka komissiyasi tomonidan Malaka imtihoni tarzida o‘tkaziladi.

Malakani baholash markazi ta’lim (kasb-hunarga o‘qitish, malaka oshirish) faoliyatini amalga oshiruvchi muassasa negizida tashkil etilganda, ushbu muassasalarda o‘qib chiqqan fuqarolarni malakasini baholashga ruxsat etilmaydi.

Malaka imtihonini o‘tkazishda vakolatli tashkilot, respublika va tarmoq kengashlarining vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga haqli.

Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash:

  • kasbiy malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholashdan o‘tishni xohlovchi shaxsning tashabbusiga ko‘ra-ushbu shaxsning mablag‘lari hisobidan;
  • ish beruvchining yo‘llanmasiga ko‘ra-ish beruvchining mablag‘lari hisobidan;
  • ish beruvchi budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar bo‘lganda tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;
  • kasbga o‘qitish markaziga xizmatlar ko‘rsatish doirasida-kasbga o‘qitish markazining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid