Toshkentda bepul kiyim tarqatib, tartibsizlik chiqargan do‘kon egaci jarimaga tortildi
Toshkentdagi savdo do‘konlarining birida bepul kiyim-kechak tarqatilishi sabab tartibsizlik yuzaga keldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha hech kim jarohatlanmagani va jamoat tartibi saqlanganini bildirdi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun do‘kon rahbari 5,1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi savdo do‘konlarining birida bepul kiyim-kechak olishga kelgan fuqarolar tomonidan yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 4 yanvar kuni Yunusobod tumanida joylashgan “Brend rows” nomli savdo do‘konida erkaklar uchun 300 dona qishki palto mahsulotlari tekinga tarqatilishi rejalashtirilib, bu xabar “Tekinga palto 300 dona” deb nomlangan sarlavha bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.
Natijada do‘konga ko‘plab fuqarolar kelishi tufayli tartibsizliklar yuzaga kelgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi IIO xodimlari aralashuvi bilan jamoat tartibi saqlanib, vaziyat nazoratga olingan, hech kim jarohatlanmagan.
“Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Brend rows” nomli savdo do‘koni rahbari 1999 y.t. S.I.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 200-1-moddasiga («Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish») asosan, ushbu do‘konning 9 nafar ishchisiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan S.I.ga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi, 9 nafar fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi”, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
18:20 / 16.12.2024
Damasʼdan Kia Sonetʼgacha: “Halol Avtolizing”chilar yuzlab odamni aldagani ma’lum bo‘ldi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
14:14 / 24.10.2024