Iqtisodiyot | 18:30 / 10.01.2024
9743
2 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 400 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 11 yanvardan boshlab 1 AQSh dollarining milliy valutaga nisbatan qiymatini 12 418,03 so‘m (+20,99 so‘m) deb belgiladi. Bu bilan, rasmiy kurs yangi tarixiy maksimumni qayd etdi.

Foto: Kun.uz

Shu tariqa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanish darajasi 2023 yil boshidan buyon 10 foizdan oshdi.

2023 yil davomida milliy valuta birinchi raqamli xalqaro valutaga nisbatan 9,7 foizga o‘z qadrini yo‘qotgan edi. Bu – 2021 va 2022 yillardagi ko‘rsatkichdan ikki barobarga yuqori.

10 yanvar kuni tijorat banklarida 1 AQSh dollari 12 335 – 12 390 so‘m oralig‘idagi narxda sotib olingan bo‘lsa, sotuv kursi 12 420 – 12 480 so‘mlik diapazonda shakllandi.

Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.

So‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi eksport va import o‘rtasidagi manfiy saldoning oshib borishi fonida ro‘y bermoqda. 2023 yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26 foizga oshib, 57,3 mlrd dollarga yetgan, bunda import oltinni hisobga olmagan holdagi eksport ko‘rsatkichidan 11 mlrd dollarga ortib ketgan edi.

Mavzuga oid