O‘zbekiston | 18:30 / 13.01.2024
8174
1 daqiqa o‘qiladi
Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi
Hayvonot dunyosiga 1 mlrd 20 mln so‘m zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi, Respublika prokuraturasi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Beruniy tuman IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Beruniy tumani, «Biybazar» ovuli hududida Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usi A.J. tomonidan noqonuniy tarzda ovlangani aniqlangan.
Oqibatda hayvonot dunyosiga 1 mlrd 20 mln so‘m zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:06 / 15.12.2024
Xitoy eng katta cho‘lni 3 ming kilometrlik «yashil belbog‘» bilan o‘radi
13:14 / 05.12.2024
Italiya va O‘zbekiston ekomuammolarga qarshi kurashishda hamkorlikni chuqurlashtiradi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
08:18 / 03.12.2024