Shvarsenegger bojxona qoidasini buzgani uchun Myunxen aeroportida ushlandi
U qimmatbaho Shveytsariya soatini deklaratsiyaga kiritmagani uchun bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi.
AQSh Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvarsenegger auksionga qo‘ymoqchi bo‘lgan qimmatbaho soati uchun soliq deklaratsiyasi yo‘qligi sababli Myunxen aeroportida nemis bojxonachilari tomonidan ushlandi. Bu haqda Myunxen bojxona boshqarmasi rahbari Tomas Mayyerga tayanib Bild yozdi.
«Biz Arnold Shvarseneggerning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini tekshirmoqdamiz. U soatni deklaratsiyaga kiritishi kerak edi, chunki u import qilingan», dedi Mayyer nashrga.
Bild nashrining yozishicha, Shvarsenegger Jahon iqlim sammitida qatnashish uchun Myunxendan Avstriyaning Kitsbyuel shahriga borishni rejalashtirgan. 18 yanvar kuni aktyor sammit oldidan o‘zining Audemars Piguet qimmatbaho soatini kim oshdi savdosida sotmoqchi edi. Ammo soat bojxonachilarning e’tiborini tortdi, deb ta’kidlamoqda nashr. Bild nashrining yozishicha, Shvarsenegger bojxonachilar tomonidan ushlanganini «juda xotirjam» qabul qiladi, biroq u Myunxen-Kitsbyuel reysini allaqachon o‘tkazib yubordi.
Shveytsariyaning Audemars Piguet soatlari bozordagi eng qimmat soatlardan hisoblanadi. Ularning narxi modeli, yasalgan materiallari va murakkabligidan kelib chiqadi. Misol uchun Royal Oak modelining narxi 9 mingdan 200 ming AQSh dollarigacha borishi mumkin. Platinadan yasalgan Royal Oak Offshore modeli narxi 700 ming dollargacha boradi.
Mavzuga oid
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
08:15 / 23.12.2024
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:33 / 05.12.2024