O‘zbekiston | 07:24 / 17.01.2024
11128
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda havo ifloslanishi yana «xavfli» darajaga chiqdi

17 yanvar tongida Toshkent shahri havoning iflosligi bo‘yicha IQAir reytingida dunyo bo‘yicha 8-o‘ringa chiqdi. 

Foto: Kun.uz

Bugun, 17 yanvar tongida Toshkent atmosfera havosining ifloslangani bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 8-o‘rinni egalladi. Bu boradagi onlayn indeksni IQAir portalida ko‘rish mumkin.

IQAir portaliga ko‘ra, soat 7:20 lar atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 159 mkg/m3ni tashkil etgan – bu “xavfli” tasnifidagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egalladi - PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 252 mkg/m3. Hindistonning Kalkutta shahri 2-pog‘onada - 203 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Lahor shahri yakun yasadi - 196 mkg/m3. 

Pokistonning Karachi shahri to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa (194 mkg/m3), Hindistonning Mumbay shahri beshinchi pog‘onadan joy oldi (178 mkg/m3).

Shuningdek, reytingda dastlabki o‘nlikdan Xitoyning Pekin, Bangladeshning Dakka, O‘zbekistonning Toshkent, Vetnamning Xanoy va Myanmaning Yangon shaharlari o‘rin oldi.
 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.

Mavzuga oid