Xitoyda koronavirusning yangi shtammi yaratildi, uning o‘lim darajasi 100 foiz
Koronavirus ta’siri hozircha sichqonlarda sinab ko‘rildi, ammo olimlar uning odam uchun ham xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Pekin kimyo-texnologiya universiteti olimlari koronavirusning yangi GX_P2V shtammini yaratdi. U 100 foiz o‘lim darajasiga ega. Bu haqdagi tadqiqot Biorxiv resursi tomonidan chop etildi.
U Malayziya pangolinlarida aniqlangan GX/2017 virusi asosida yaratilgan. Namuna 2017 yilda, ya’ni COVID-19 pandemiyasidan bir necha yil oldin olingan.
Sinov laboratoriya sichqonlarida o‘tkazildi. Koronavirus yuqtirilgandan so‘ng, ularning barchasi 7-8 kun ichida o‘lib qoldi. GX_P2V mualliflari buni «hayratlanarli darajada tez» deb atamoqda.
Kasallik asta-sekin rivojlandi. Olimlar tashqi belgilar orasida tana vaznining kamayishi (beshinchi kuni), lanjlik va ko‘z qorachig‘ining oqarishini (yettinchi kuni) qayd etishdi. Bundan tashqari, virus ko‘plab organlarga, jumladan, miya va o‘pkaga halokatli ta’sir ko‘rsatdi.
Tajribalardan oldin sichqonlarga virusning hujayralarga kirishini osonlashtiradigan inson geni implantatsiya qilingan, deyiladi tadqiqotda. Bu shuni anglatadiki, GX_P2V odamlar uchun ham halokatli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024