O‘zbekiston | 12:33 / 24.01.2024
3632
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh husiychilarning kemalarga qarshi ikkita raketasini yo‘q qildi

Yaman husiychilari tomonidan uchirish uchun tayyorlangan raketalar Qizil dengiz mintaqasidagi kemalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘dirgan, deya ma’lum qildi AQSh harbiy qo‘mondonligi. 

Foto: Mohammed Mohammed/Xinhua News Agency via picture alliance

AQSh harbiylari Yamandagi husiychi isyonchilar tomonidan uchirilish uchun tayyorlangan ikkita kemalarga qarshi raketani topib, yo‘q qildi. Bu haqda 24 yanvar, chorshanbaga o‘tar kechasi AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumot berdi. 

Bayonotda ta’kidlanganidek, yo‘q qilingan raketalar Yamanning husiychilar nazorati ostidagi hududlarida topilgan, ular «Qizil dengizning janubiy qismiga qaratilgan va uchirishga tayyorlab qo‘yilgan». Raketalar «mintaqadagi savdo va AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga bevosita tahdid solgan». 

Husiychilar obektlariga zarbalar 

Avvalroq, 22 yanvar kuni AQSh va Britaniya harbiylari Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ko‘magida Yamandagi husiychilar obektlariga hujum qilgan edi. Aniq boshqariladigan raketa zarbalari husiychilarning Qizil dengizdagi savdo kemalari va harbiy kemalariga hujumlariga javob bo‘ldi, deyiladi ittifoqchilar qo‘shma bayonotida. 

Husiychilar Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilmoqda 

Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiychilari 2023 yil oktyabr oyida HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan beri Qizil dengizdagi tijorat kemalariga muntazam ravishda uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan zarba berib keladi. Husiychilar Yaqin Sharqdagi mojaroga HAMAS tomonida kirganini e’lon qildi.

Mavzuga oid