Jamiyat | 16:47 / 30.01.2024
19941
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ota yosh farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘ldi

Hodisa Termiz shahrida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi erkak yosh farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati dastlabki ma’lumotlarni ochiqladi.

Unda aytilishicha, mazkur videodagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, holat Termiz shahrida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda ushbu videoda tasvirlangan holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Samarqand viloyatida ikki yoshli bolasini urib, uni qiynagan ayolga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berilgandi.

Mavzuga oid