O‘zbekiston | 17:51 / 31.01.2024
4546
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

1–5 fevral kunlari Toshkent viloyatining qator tumanlari va Namanganning bir tumanida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Foto: Telegram / Qashqadaryo ahli

1–5 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 1–5 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Bundan avvalroq «O‘zgidromet» qishning so‘nggi oyi sovuq havo bilan boshlanishi, harorat kechasi 0…–5, kunduzi +2…+7, ayrim joylarda 0 darajagacha tushishi haqida xabar bergandi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida kuzatiladi.

Mavzuga oid