Jamiyat | 09:55 / 01.02.2024
35629
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda poyezd Gentra’ni urib yubordi. 5 kishi halok bo‘ldi

Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lgan va jarohatlangan 7 kishi bir oila vakillari bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan Gentra’ni urib yuborgan. Oqibatda bir oilaning besh nafar a’zosi vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2024 yil 31 yanvar kuni soat 20:29 larda sodir bo‘lgan.

Sariosiyo-Toshkent yo‘lovchi poyezdi Sho‘rchi-Elbayon temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan Gentra mashinasini urib yuborib, shoshilinch to‘xtagan.

Hodisa oqibatida Gentra haydovchisi 35 yoshli B.N. va uning 2 yoshli o‘g‘li turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Haydovchining 64 yoshli onasi, 29 yoshli turmush o‘rtog‘i, yana uch nafar voyaga yetmagan farzandi — 12 yoshli qizi, 9 yoshli o‘g‘li va 5 yoshli qizi voqea joyida halok bo‘lgan.

Mavzuga oid