O‘zbekiston | 11:12 / 04.02.2024
5018
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtaqoracha dovoni qordan tozalanib, avtomobillar harakati uchun ochildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘li qordan tozalanib, transport vositalari harakati uchun ochildi.

Foto: Transport vazirligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, amalga oshirilgan zarur tadbirlardan so‘ng Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘libugun 2024 yil 4 fevral kuni soat 10:05 dan avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan.

Dovondagi yo‘l noqulay ob-havo tufayli 2024 yil 3 fevral kuni tunda vaqtincha yopilgan edi. Yo‘l maxsus texnikalar yordamida qordan tozalangan va muzlamalarni bartaraf etish uchun qum-tuz aralashmasi sepib chiqilgan. 

Mavzuga oid