Jamiyat | 08:43 / 04.02.2024
7903
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro Sh.Ch. boshqaruvidagi Spark to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro hech qanday hujjatsiz jami 518 dona «Regapin» va «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid