Surxondaryoda ijtimoiy himoya uchun ajratilgan pullar o‘zlashtirib yuborildi
Qariyb 500 mln so‘m o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilindi.
Surxondaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ajratilgan yordam pullarini o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi M.T. va boshqalar 2021-2022 yillar mobaynida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun 48 nafar fuqaroga yordam pullari berilgani to‘g‘risida soxta hujjat rasmiylashtirgan. Oqibatda, 499,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
19:59 / 17.12.2024
Qoraqalpog‘istonda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
11:35 / 13.12.2024