Sobiq «Poytaxt» biznes markazida yong‘in ro‘y berdi
Yunusobod tumanidagi sobiq «Poytaxt» biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.
9 fevral kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi sobiq «Poytaxt» biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, soat 11:40 da Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 3 daqiqada voqea joyiga yetib borgan, yong‘in soat 11:51 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
19:09
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024