O‘zbekiston | 18:24 / 12.02.2024
13672
2 daqiqa o‘qiladi

Uchqo‘rg‘on tumani hokimi ishdan ketdi  

Prezident bosh vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o‘sish bo‘lmagani uchun lavozimga loyiqligini hal qilishni topshirgan tuman hokimlari qatorida Jahongir Rizzayev ham bor edi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Jahongir Rizzayev 6 fevral kuni vazifasidan ozod etilgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish uning birinchi o‘rinbosari Boburmirza To‘lamirzayev zimmasiga yuklatilgan.

E-qaror platformasida ham tuman hokimligining rasmiy hujjatlarini 6 fevralgacha Jahongir Rizzayev, undan keyin Boburmirza To‘lamirzayev imzolaganini ko‘rish mumkin.    

Jahongir Rizzayev 1986 yil 5 dekabr kuni Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-energetik.

U 2021 yilning dekabr oyidan buyon Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

  • 18 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi. Yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagan 7 ta hudud, jumladan, Uchqo‘rg‘on tumani hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirilgandi.

Mavzuga oid